Belgiya hukumatiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi

Sofi Vilmes
Belgiyalik siyosatchi Sofi Vilmes qirollik bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda qirollik saroyining Twitter sahifasida ma’lum qilindi. U Belgiya hukumati tarixida ushbu lavozimga tayinlangan ilk ayol bo‘ldi.
"Sofi Vilmes Bryusseldagi qirollik saroyida qabul qilindi. U bosh vazir lavozimiga tayinlanadi", - deyiladi xabarda.
AFP agentligining aniqlik kiritishicha, Vilmes Belgiya hukumati rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
44 yoshli Sofi Vilmes ilgari Belgiya moliya vaziri lavozimida edi. U bosh vazir, Yevropa kengashining bo‘lajak rahbari Sharl Mishel o‘rnini egalladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Belgiyalik siyosatchi Sofi Vilmes qirollik bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda qirollik saroyining Twitter sahifasida ma’lum qilindi. U Belgiya hukumati tarixida ushbu lavozimga tayinlangan ilk ayol bo‘ldi.
"Sofi Vilmes Bryusseldagi qirollik saroyida qabul qilindi. U bosh vazir lavozimiga tayinlanadi", - deyiladi xabarda.
AFP agentligining aniqlik kiritishicha, Vilmes Belgiya hukumati rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
44 yoshli Sofi Vilmes ilgari Belgiya moliya vaziri lavozimida edi. U bosh vazir, Yevropa kengashining bo‘lajak rahbari Sharl Mishel o‘rnini egalladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…