date
views 3 705

Rossiyalik legioner 2020 yildan boshlab O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynashi mumkin

Rossiyalik legioner 2020 yildan boshlab O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynashi mumkin
"Qo‘qon-1912" jamoasi orqali O‘zbekiston chempionatiga kelgan rossiyalik himoyachi Igor Golban O‘zbekiston fuqaroligini olishni istamoqda.
Ayni paytda "Navbahor" sharafini himoya qilayotgan Igor Golbanning O‘zbekistonga kelgani va yurtimizda istiqomat qilayotganiga kelasi yili 5 yil to‘ladi.

Qonunchilikka ko‘ra esa bu unga O‘zbekiston fuqaroligini olishiga imkoniyat beradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tajribali himoyachi O‘zbekiston pasportini olishni mo‘ljallamoqda. Agarda kelasi yili Igor Golban O‘zbekiston fuqaroligini olsa, unda 2020 yildan boshlab O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchi bittaga ko‘payadi.

Qayd etish kerakki, "Paxtakor" tomonidan qiziqish bildirilgan tajribali himoyachi Igor Golban yaqinda amaldagi jamoasi "Navbahor" bilan o‘rtadagi shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirdi.

Eslatib o‘tamiz, Igor Golban O‘zbekistondagi faoliyati davomida "Qo‘qon-1912", "Navbahor", "Nasaf" va 2018 yildan boshlab yana "Navbahor" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik legioner 2020 yildan boshlab O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynashi mumkin