
Foto: «travel.ru»
Fransiyada Parij-syud universiteti olimlari Efiopiyadagi Dallol vodiysida tadqiqot o‘tkazishgach, u yerda hech qanday bakteriya bo‘lishi mumkin emas, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda «Nature Ecology & Evolution»ga tayanib «Regnum» xabar berdi.
— Sayyora yuzasida suv bo‘lishi ko‘pincha yashashga yaroqli mezon sifatida qaralardi. Lekin bizning tadqiqotlarimiz Yer yuzida suv bo‘lishiga qaramay, mutlaqo hayotsiz joylar ham borligini isbotladi, — deydi mutaxassislar.
Ularning ta’kidlashicha, vodiydagi suv harorati 109 daraja atrofida, ustiga-ustak, nihoyatda sho‘r va nordon. Ularning fikricha, bunday sharoitda har qanday tirik hujayralar parchalanib ketadi.
Bundan oldin ispan olimlari Dallol vodiysida bakteriyalarni aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalarini chop etishgandi, biroq fransuz mutaxassislari buni inkor etishmoqda.
FransiyaParij-syud UniversitetiDallol VodiysiBakteriya TadqiqotiHayotsiz JoylarSuv Harorati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar