Foto: «News.rambler.ru»
2031 yilga kelib ayollar farzandini kosmosda dunyoga keltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deydi gollandiyalik olimlar. Ularning fikriga ko‘ra, homilador ayollar vaqtincha to‘lg‘oq boshlanganda 24 — 36 soatga 160 — 200 km balandlikdagi past orbitaga olib chiqiladi. Parvozdan oldin kuchli hayajon tufayli tug‘uruqning boshlanish xavfi bo‘lgani uchun kosmosga birato‘la 30 nafar homilador ayolni yuborish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda «AIF»ga tayanib "Xabar" nashri yozmoqda.
— Bunday tajribaning ilmiy ahamiyatini katta xavf-xatarlar bilan taqqoslash noo‘rin. Hatto Yerda ham normal kechayotgan homiladorlikdagi tug‘uruq jarayoni ham turli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunda zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladi, — deydi RFA tibbiy-biologik muammolar instituti biofizika hujayralar laboratoriyasi boshlig‘i Irina Ogneva.
— Kelajakda olis koinotni zabt etish uchun bunday tadqiqotlar zarur, lekin ishni kosmosda tuxumhujayra va spermatozoidlarni o‘rganishdan, koinotda urug‘lanish qanday kechishini kuzatishdan boshlagan ma’qul. Tabiiyki, buni odamlarda emas, hayvonlarda, masalan, kalamushlarda tajribadan o‘tkazish maqsadga muvofiq. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi