
AQSh Suriyaning neftga boy Dayr-az-Zor viloyatida ikkita yangi harbiy baza ochishga kirishdi, deya xabar bermoqda «Anadolu» agentligi.
Buning uchun hududga qurilish texnikasi, qo‘shimcha 250-300 atrofida askar va qurol-aslaha jo‘natilgan. Xususan, 28 oktyabr kuni Iroqdan 170 ta transport vositasidan iborat amerikalik harbiylar karvoni kelgan.
23 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylar Suriya sharqidagi neft konlarining xavfsizligini ta’minlashini ma’lum qilgan va bu konlar jangarilarning qo‘liga o‘tmasligi kerakligini ta’kidlagan edi.
AQSh Kongressining Vakillar palatasi a’zosi Tulsi Gabbard esa prezident Trampni Suriya xalqiga tegishli neftni egallab olishga urinishda aybladi. “Endi u AQSh qo‘shinlarini Suriyada IShIDga qarshi kurashish uchun emas, AQShga tegishli bo‘lmagan neft konlarini qo‘riqlashi uchun qoldirmoqchi”, – dedi u.
AQSh Harbiy BazaDayr-Az-ZorNeft KonlariTulsi GabbardDonald TrampSuriya Xalqiga O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar