
Foto: Getty Images
Moskvada ko‘chmas mulklarga ega bo‘lgan Asadning barcha qarindoshlari xalqaro sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Suriya prezidenti Bashar Asadning qarindoshlari «Moskva-siti» hududidan kamida 19ta apartament sotib oldi. Bu haqda Global Witness nohukumat tashkiloti ma’lumotlariga tayanib Financial Times nashri xabar berdi.
Xonadonlarning 18tasi «Gorod Stolits» majmuasida, bittasi «Federatsiya» minorasida joylashgan. Ko‘chmas mulklarning qiymati 40 mln dollar deb baholanmoqda. Hujjatlarga ko‘ra, ko‘chmas mulklar 2013 yildan 2019 yil iyuniga qadar bo‘lgan muddatda sotib olingan.
Oldi-sotdi shartnomalari uchun asosan ofshor firmalardan foydalanilgan. Ushbu shartnomalarda ishtirok etgan kompaniyalar vakillari mazkur xabarni izohlashdan bosh tortgan.
Moskvada ko‘chmas mulklarga ega bo‘lgan Asadning barcha qarindoshlari xalqaro sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
«Suriya olov ichida yonayotgan bir paytda ular Moskvada yashirinib muhtasham hayot kechirishadi», — degan Global Witness vakili Izobel Koshiv.
Bashar AsadMoskva-sitiKo'chmas MulklarSanksiyalar Ro'yxatiGlobal WitnessOfshor Firmalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar