
Foto: Tyrone Siu / Reuters
Hongkong politsiyasi namoyishchilar politsiya xodimlariga kamonlardan o‘q uzishgani va gul ekilgan tuvaklarni uloqtirishgani haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi Bloomberg. Politsiyachilar bunga javoban ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llashgan.
Hongkongda to‘rt kundan buyon namoyishlar va politsiya bilan to‘qnashuvlar davom etmoqda. Namoyishchilar shahar transporti harakatini to‘xtatib qo‘yishga urinishmoqda. OAVning xabar berishicha, keyingi kunlarda namoyishchilar orasida kamonlar, nayza va arbaletlar bilan qurollanganlar paydo bo‘lgani haqida xabar bermoqda.
Shaharda bog‘chalar va maktablar hafta oxiriga qadar yopildi. Universitetlarda ham dam olish kunlariga qadar o‘qishlar bekor qilindi.
No need to read dystopian novels anymore. Chinese University students fight the invading riot police with high jump cross bars, bows and arrows. #2A #Hongkong pic.twitter.com/felJHlRRUK
— Badcanto (@Badcanto) November 12, 2019
Hongkongdagi Xitoy universiteti kampusi namoyishchilarning asosiy lagerlaridan biriga aylangan. Bu yerda talabalar va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lishi natijasida yaqin-atrofdagi temir yo‘l stansiyasiga zarar yetdi. Talabalar universitet oshxonalaridan birini egalla olishdi va namoyishchilarga taom tayyorlab berishmoqda, deb yozadi South China Morning Post.
Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilarning o‘zlarini tutishlari terrorizmga yaqin kelmoqda. Uning aytishicha, Xitoy universiteti hududida yonuvchi aralashmali idishlar, kamonlar, nayza va katapultalar tayyorlanmoqda.
On fire: Here’s how clashes between protesters and police escalated on Tuesday night at the Chinese University of Hong Kong.
— Bloomberg TicToc (@tictoc) November 13, 2019
More @business: https://t.co/aUC1AzPF0Q #HongKongProtests #香港 #CUHK pic.twitter.com/FzTg3Ev3gr
HongkongPolitsiyaNamoyishchilarXitoy UniversitetiTo‘qnashuvlarTalabalar Taomlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar