08:58 / 23.11.2019
6 480

Dunyoning eng chiroyli mehmonxonalari

Dunyoning eng chiroyli mehmonxonalari
Sayyohlarning mamlakatga ko‘p hamda qayta-qayta tashrif buyurishiga asosiy sabablardan biri bu shubhasiz, mehmonxonalar faoliyatidir. Mehmonxonalardagi servis qanchalik yuqori sifatli bo‘lsa, shunchalik uning sayyohlar tomonidan tanlanishi orta boradi. Quyida e’tiboringizga bir nechta dunyoning eng chiroyli deya e’tirof etilgan mehmonxonalarini havola qilamiz:

1. Karuso Belmond mehmonxonasi, Italiya- Italiyaning yaltiroq Amalfi sohilining go‘zalligini ko‘rish uchun ushbu mehmonxonaga tashrif buyursangiz sira ham afsuslanmaysiz. Mehmonxonaning turar joy majmuasida ulkan suv havzasi bo‘lib, u dengiz sohilidagi qoyatosh chetida joylashgan. Dastlab XI asrda saroy sifatida qurilgan ushbu mehmonxonada atirgul, limon daraxtlari va o‘tlar bilan xushbo‘y hidlarga to‘la bog‘lar qurilgan. Xonalarda boqqa yoki dengizga qarab turgan keng marmar hammomlar va balkonlar mavjud.

2. Riad Fes Maya, Marokash- Bu mehmonxonaga shu qadar nafis bezaklar bilan ishlov berilganki, u yerga qadam bosgan inson o‘zini qadim va sehrli Marokashga tushib qolgandek his qiladi go‘yo.

3. Glenorxidagi Blanket ko‘rfazi, Yangi Zelandiya- Vakatipu ko‘li bo‘yida joylashgan hamda qorli Janubiy Alp tog‘lari bilan o‘ralgan Blanket ko‘rfazi sizning dilingizga xush yoqishiga zarracha ham shubha yo‘q. Bu mehmonxonadagi oddiy xonalardan tortib lyuks xonalargacha barida baland-baland derazalar qurilgan bo‘lib, siz u yerda turib bemalol tog‘ manzarasini tomosha qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng chiroyli mehmonxonalari