
Arab davlatlari fazoni birgarlikda o‘zlashtirishi uchun umumarab fazo agentligini tuzish lozim. BAA Fazo agentligi direktori Muhammad al-Ahbobiy ana shunday fikr bildirdi, deb xabar bermoqda Azon.uz.
“Arab davlatlarining hamkorligi fazoni o‘zlashtirish bo‘yicha, xususan, BAAning 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy fazo strategiyasidan tortib “Marsga missiya” loyihasiga bo‘lgan odimlarda muvaffaqiyatga erishishda muhim ahamiyatga ega”, – dedi u Dubai Airshow xalqaro aviasalonidagi chiqishida.
Uning ta’kidlashicha, BAAning fazo sohasidagi har qanday tashabbusi butun arab dunyosi uchun tashabbus hisoblanadi. Ahbobiy misol tariqasida fazo bo‘yicha Yevropa Afrika qit’alaridagi hamkorlikni keltirdi.
“Fazo bo‘yicha har qanday ilmiy loyihani boshqa davlatlar bilan hamkorliksiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Umid qilamanki, kun kelib biz arab fazo agentligiga ega bo‘lamiz”, – dedi Muhammad al-Ahbobiy. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar