AQSh davlat departamenti ma’lumotiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar va yollanma jangchilar Liviyadagi vaziyatni beqarorlashtiryapti. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
“Qo‘shma Shtatlar Liviya xalqining xavfsiz va farovon kelajakka erishishi tarafdoridir. Buning amalga oshishi va zo‘ravonliklar avj olishini to‘xtatish uchun tashqi kuchlar real majburiyatlarni zimmasiga olishi kerak. Xususan, Rossiyaning harbiy aralashuvi Liviyadagi tinchlik, havfsizlik va barqarorlikka tahdid solyapti”, – dedi AQSh davlat kotibining Yaqin Sharq bo‘yicha yordamchisi Devid Shenker Vashingtondagi brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Liviyada “sezilarli miqdorda” Rossiya qo‘shinlari va Vagner xususiy harbiy kompaniyasining yollanma jangchilari bor. Ular “vaziyatni haddan tashqari beqarorlashtirayotgan” general Xalifa Haftarga yordam bermoqda.
Shuningdek, Devid Shenker AQShning hamkorlarini Vagner xususiy harbiy kompaniyasiga sanksiya joriy etishga chaqirdi.
“Bu bilan ular rossiyalik yollanma jangchilarning uchinchi mamlakatlarda bo‘lishidan xavotirda ekanliklarini ko‘rsatgan bo‘lishadi”, – dedi u.
Ma’lumki, general Haftar aprel oyidan beri poytaxt Tripolini egallashga harakat qilmoqda. BMT ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan vaqt davomida to‘qnashuvlarda mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi. Haftarni Misr, BAA va Rossiya qo‘llab-quvvatlayapti.
Noyabr oyining boshida The New York Times nashri Liviyaga Rossiyadan ikki yuzga yaqin yollanma jangchi kelgani haqida xabar berib, buni Kremlning Yaqin Sharq va Afrikada o‘z ta’sirini tiklashga urinishi sifatida baholadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi