
AQSh prezidenti Donald Tramp xavfsizlikni ta’minlash maqsadida avvaldan ma’lum qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi.
U Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuv o‘tkazdi. Sungra Bagramdagi harbiy bazaga borib, u yerdagi harbiy xizmatchilarni noyabr oyining har oxirgi payshanbasida nishonlanadigan Shukronalik kuni bilan tabrikladi va ular bilan birga tushlik qildi.

Trampning ta’kidlashicha, AQSh Afg‘onistondagi harbiy harakatlarni to‘xtatib, «Tolibon» bilan muzokaralarni qayta boshlamoqchi, chunki toliblar kelishuv tuzishni istashmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, bu Trampning Afg‘onistonga birinchi tashrifi bo‘ldi. Harbiy hududlarga esa ikkinchisi bo‘ldi, o‘tgan yili AQSh rahbari «Rojdestvo» bayrami arafasida Iroqdagi harbiy bazaga tashrif buyurgandi.
Shuningdek, Tramp 2019 yil 30 iyunda ikki Koreya chegarasida kutilmaganda paydo bo‘lib, KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar