
“Agar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan mamlakatga hech qanday foyda bo‘lmasa, bunday ittifoqdan chiqish kerak“, - deya ta’kidlagan, deputat Kenjebek Bokoyev 26 noyabr kungi Parlamentning iqtisodiy va moliyaviy qo‘mitasi yig‘ilishida.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston Yevrosiyo ittifoqiga kirishidan avval berilgan va’dalarini bajarishmayapti. Masalan, ittifoq mamlakatlari o‘rtasida mahsulotlar to‘sqinliksiz harakatlanishiga kelishilgan, lekin yoqilg‘i mahsulotlarini Qozog‘iston orqali olib o‘tishning imkoni bo‘lmayapti.
“Yana, bizga valyutalarning ham to‘sqinliksiz harakat qilishi haqida gapirilgan edi. Lekin, bunga ham cheklovlar bor. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilganidan keyin Qirg‘iziston barcha frontlarda yutqazdi, ayniqsa qishloq xo‘jaligida. Nima uchun Rossiya va Qozog‘istondan tirik hayvonlarni import qilishadi-yu, Qirg‘izistondan [ularga] olib kirish mumkin emas“, - deya savol bergan Qirg‘iziston parlamentining deputati.
Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi raisi Valentina Matviyenko Shavkat Mirziyoyev mamlakatning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish bo‘yicha qaror qabul qilganini aytgan edi.
Shundan so‘ng O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasi keng jamoatchilikda turli qarashlarni keltirib chiqardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar