
Foto: Mohamed Nureldin Abdallah / Reuters
Hozirda qamoqda saqlanayotgan Sudanning sobiq prezidenti Umar al-Bashirga 1989-yildagi harbiy davlat toʻntarishida ishtirok etgani va Sodiq-al Mahdiy rahbarligidagi hukumatni agʻdargani uchun oʻlim jazosi xavf solmoqda. Bu haqda Independent Online nashri xabar berdi.
Sudan bosh prokurori Toj Al-Xiber 1989-yil 30-iyunda al-Bashirni hukumat tepasiga olib kelgan davlat toʻntarishini tergov qilish boʻyicha qoʻmita tashkil etgandi. Qoʻmita xulosasi Sudandagi konstitutsion tuzumni agʻdarishda ayblangan shaxslar ustidan sud hukmi chiqarilishi uchun asos boʻladi.
“Agarda sobiq prezident aybdor deb topilsa, u oʻlim jazosiga yoki umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinadi”, - deb yozadi nashr.
Sudanni 30 yil boshqargan al-Bashir 11-aprelda harbiylar tomonidan davlat rahbarligidan chetlashtirilgandi. Hukumat boshqaruvini harbiy kengash oʻz qoʻliga olgan. Sentyabrda esa muvaqqat hukumat shaklantirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar