
Foto: “Zr.ru”
Avstraliya gʻarbidagi Pilbara temir konida ulkan samosval “Komatsu”ni boshqarayotgan haydovchi bilmasdan oʻzining shaxsiy pikapi (“Toyota Land Cruiser 70”)ni yanchib oʻtib ketdi, deb yozmoqda “Xabar.uz”.
YTH yirik kon qazish kompaniyasida sodir boʻlgan. Ruda ortib kelayotgan 455 tonnali samosval haydovchisi rulni burganida qattiq ovozni eshitib, kattaroq toʻsiqqa duch keldim deb oʻylab, toʻxtaydi. Tushib qarasa, bu “toʻsiq” oʻzi qoldirib ketgan pikapi (“Toyota Land Cruiser 70”) ekan.
“Lend Kruzer”ning kabinasi butunlay majaqlangan, ramasi egilib ketgandi. Tiklab boʻlmaydi. “Komatsu”ning esa old oʻng shinasi ozgina tirnaldi, xolos. Haydovchiga “koʻrinmas hudud” pand bergandi.
“Komatsu”da “koʻrinmas hudud” quyidagicha boʻladi:
Mashinaning oldidagi uch metr, ortidagi bort boʻylab besh metr.
Toʻsiqdan oʻng tomon — bir yarim metr.
Bu toifa mashinalarning aksariyatida bortning oʻng tomoni umuman koʻrinmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar