
Xorijda ishlab yurgan oʻzbekistonliklarning Vatanga qaytishlarida koʻmaklashilayotganligi boʻyicha maʼlumot berildi.
Unga koʻra, 2019-yil 1-yanvardan 1-noyabrgacha “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi tomonidan 381 ta ariza qabul qilingan. Murojaatlarda 885 nafar yurtdoshimizni Vatanga qaytarish soʻralgan boʻlib, shulardan 584 nafar vatandoshimizga amaliy yordam koʻrsatilgan. Tahlillarga koʻra, “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy markaziga eng koʻp Rossiya Federatsiyasidan 4179-marta qoʻngʻiroq boʻlgan.
Keyingi oʻrinda Qozogʻiston Respublikasi turibdi. U yerdan 2192-marta telefon orqali murojaat qabul qilingan. Murojaatchilarning 65 foizi mehnat eksplutatsiyasiga toʻgʻri kelmoqda. 15 foizi migrantlar ish haqi boʻyicha,10 foizi jinsiy zoʻravonlikka uchragan hamyurtlarimizdir.
Maʼlumot uchun: hozirda “Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi 16 kun” Xalqaro aksiyasi oʻtkazilmoqda.
“Agar sizda ham shunga oʻxshash muammo yoki murojaat boʻlsa 71 254 12 87 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qilishinggiz mumkin”, — deya taʼkidladi “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi xodimi Nodira Karimova.
Sayyodbek Qurbonov
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing