
Foto: Paul Yeung/Bloomberg
Hongkong jahonning sayyohlar eng koʻp tashrif buyuradigan shahar maqomini saqlab qoldi. Bu haqda Euromonitor International tashkilotining “Top 100 City Destinations 2019” reytingiga asoslanib Bloomberg xabar berdi. Reyting toʻliq boʻlmagan bir yillik davrni oʻz ichiga olgan.
Undan keyingi oʻrinlarni Bangkok, Makao va Singapur egalladi.
London dastlabki beshlikni yakunlab beradi. Bu shahar ilgari uchinchi oʻrinni egallagandi, ammo Brexit YEI fuqarolari uchun keskin vizaviy cheklovlarga olib kelmoqda.
Ekspertlar shuningdek, Barselona, Milan va Venaga turistlarning tashrifi kamayishi hamda Xorvatiya, Sloveniya va Shvetsiyaga esa oshishini taxmin qilishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar