07:01 / 06.12.2019
7 639

Islomni qabul qilgan mashhur yahudiylar (2-qism)

Islomni qabul qilgan mashhur yahudiylar (2-qism)
Islom dinini qabul qilgan mashhur yahudiy olimlarning mavzusini davom ettirib, musulmon bo‘lgan yahudiy siyosatchilari va madaniyat arboblari haqidagi maqolani taqdim etamiz. Ular orasida Al-Azhar universiteti asoschisi, andalusiyalik shoir, Pokistonning ma’naviy yo‘lboshchisi va boshqalar bor.

Yoqub ibn Killis (930-991) Bag‘dodda, yahudiy oilasida tug‘ilgan. 943 yilda Misrga ko‘chib kelib, ixshidlar xoni Kafurning xizmatiga kirdi. U ko‘p o‘tmay zamonaviy til bilan aytganda, Misr moliya vaziri bo‘ldi. 967 yilda islomni qabul qildi. Kafurning vafotidan so‘ng esa qamoqqa tashlandi. Yoqub qamoqdan qochib, Ifrisiyaga keldi va xalifa al-Muizz xizmatiga kirdi. U fotimiylar xalifaligiga xizmat qildi, Misr zabt etilganidan keyin u yerda yashadi. Mashhur al-Azharga asos solgan Yoqub ibn Killis edi.

Ibrohim ibn Sahl (1212-1251) Andalusiyadagi eng mashxur shoirlaridan biri hisoblanadi. U Sevilyada, yahudiy oilasida tug‘ilgan. Islomni hayotining ilk davrlarida qabul qilgan. Uning she’rlari chuqur diniy his-tuyg‘ularidan dalolat beradi. Shoir devonida Andalus she’riyatining eng ajoyib namunalari mavjud.

Muhammad Asad (1900-1992) – jurnalist, sayohatchi, yozuvchi, tilshunos, diplomat. XX asrning eng obro‘li Yevropa musulmonlaridan biri sifatida tan olingan. Ukrainaning Lvov shahrida tug‘ilgan. U 1926 yilda arab dunyosi bo‘ylab sayohat qilgandan so‘ng islomni qabul qilgan. Saudiya Arabistonida qirol Abdulazizning saroyida yashadi. Undan keyin Pokiston davlati asoschilari Muhammad Iqbol va Muhammad Ali Jinning mafkuraviy safdoshi bo‘ldi. G‘arbda “Makkaga yo‘l” avtobiografik bestseller muallifi va Qur’onni ingliz tiliga tarjimon qilgan shaxs sifatida tanildi. U al-Azhar universitetining professori ham edi. 2015 yil 5 iyunda Lvov shahrida ochilgan Islom markaziga Muhammad Asad nomi berilgan.

Laylo Murod (1918-1995) – misrlik qo‘shiqchi va aktrisa, o‘z davridagi arab dunyosining eng ko‘zga ko‘ringan yulduzlaridan biri. Qohirada, yahudiy oilasida tug‘ilgan. U Misr kinosining eng mashhur aktrisalaridan biri edi. Uning 1947 yilda islomni qabul qilishi qarindoshlari bilan aloqalari uzilishiga sabab bo‘ldi. Isroil davlati tuzilishini qo‘llab-quvvatlash haqidagi ayblovlar faoliyatini 38 yoshida to‘xtatishiga sabab bo‘ldi. Faqat 1970 yilda uning ovozi yana radioda yangradi – o‘shanda u Ramazon oyi davomida Qur’on tilovat qildi.

Yusuf Darvish (1910-2006) – misrlik yurist, kommunist va jamoat arbobi. Qohirada, qaraim yahudiylari oilasida tug‘ilgan. U Tuluza universitetida o‘qiyotganda ijtimoiy tenglikni yoqlab chiqdi. Misrdagi kommunistik qarashlari va faoliyati uchun jami 10 yil qamoqda saqlangan. 1947 yilda islomni qabul qilgan. O‘sha yili u sionizm g‘oyalariga qarshi chiqqan bir guruh yahudiylarga qo‘shilib, Isroilning tuzilishini qoralagan.

Tali Fahima (1976 yilda tug‘ilgan) – Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi ismroillik jamoatchi ayol. Uning millati haqida so‘rashsa, "falastinlikman" deya javob qaytaradi. Nasli Jazoir va Marokashdan bo‘lgan yahudiylar oilasida tug‘ilgan, Tel-Avivda ishlagan. U milliy xavfsizlikka zarar yetkazganlikda ayblanib, 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2 yildan so‘ng yaxshi xulq-atvori sababli, aslida esa qamoqda saqlash uchun yetarli asos topilmasdan ozod qilingan. Fahima hozir Isroilning shimolidagi Ar’ara arablar qishlog‘ida ibroniy tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. 2010 yil iyun oyida u Umm al-Fahmdagi masjidda islomni qabul qilgan.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Islomni qabul qilgan mashhur yahudiylar (2-qism)