Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi shanba kuni boʻlib oʻtgan yopiq majlisda Donbassni qayta qoʻshib olish ssenariysini tasdiqladi. Bu haqda kengash kotibi Aleksey Danilov maʼlum qildi.
“Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi hayotga tatbiq etiladigan ssenariylardan birini qabul qildi”, - dedi u.
Danilovning soʻzlariga koʻra, majlisda hududiy mudofaa strategiyasi masalasi ham muhokama qilingan.
Yopiq majlisda muhokama qilingan uchinchi masala mamlakatda kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻlgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy normandcha shaklda oʻtkaziladigan uchrashuvni muhokama qilish uchun shanba kuni milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi majlisini chaqirdi. “Normand toʻrtligi” (Rossiya, Germaniya, Fransiya, Ukraina) yetakchilarining sammiti 9-dekabr kuni Parijda boʻlib oʻtadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi