Foto: «Worldtaxes»
Kanada 2022 yilgacha butun dunyodan milliondan ortiq migrantlarni qabul qilishni rejalashtirmoqda, deyiladi «24tv.ua» xabarida.
Yuqori malakali muhojirlar bilan Kanada kuchli davlatga aylanmoqchi.
Bosh vazir Jastin Tryudo Immigratsiya va qochoqlar masalalari vaziri Mark Mendichinoga taqdim etgan mandatda shu xususda gap boradi.
«Kanadaga milliondan ortiq insonlarni doimiy yashashga jalb jalb etish orqali siz 2020—2022 yillarga mo‘ljallangan kengaytirilgan migratsiya rejasining samarali amalga oshirilishini ta’minlashingiz kerak», — deyiladi mandatda.
Tryudoning ta’kidlashicha, yanada kuchliroq Kanadani qurish uchun davlat chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etishga urg‘u berishi lozim.
Kanada bosh vaziri, shuningdek, o‘z vatanlarida tahdidga uchragan huquqni himoya qiluvchilar va jurnalistlarga boshpana berish taklifini ham kiritdi. Bu toifa muhojirlar alohida dastur bo‘yicha qabul qilinadi, ya’ni mamlakat bir yil mobaynida 250 kishini qabul qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi