
Kecha, 18 dekabr kuni Srinagar shahridagi tarixiy Jome masjidi musulmonlar uchun qayta ochildi. Masjid 19 haftadan beri yopiq edi.
Hindiston hukumati 5 avgustda Kashmirni keng muxtoriyat maqomidan mahrum etib, bu yerda komendantlik soatini joriy etgandan keyin masjidning eshigiga qulf urilgan. Bundan avval esa masjidda har juma kuni butun Kashmirdan minglab musulmonlar yig‘ilardi.
The Hindu nashrining yozishicha, Jome masjidi vakili Shamsul Haq chorshanba kuni bu yerda peshin va asr namozlari o‘qilganini tasdiqlagan.
Mazkur masjid 2016 yilda ham bir muddat yopib qo‘yilgan edi. Bunday taqiqning sababi Hindiston hukumatining ko‘p sonli musulmonlarning bir joyda to‘planishidan qo‘rqishi ekani aytilmoqda.
Jome MasjidiSrinagar ShahriKashmir MuxtoriyatiMusulmonlar Yig‘ilishiHindiston HukumatiTarixiy Yerlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar