Foto: AP Photo/Matt Dunham
Afg‘onistonning mustaqil saylov komissiyasi amaldagi prezident Ashraf G‘anini sentabrda o‘tgan prezident saylovlari g‘olibi deb e’lon qildi.
Saylov komissiyasi raisi Havo Nuristoniy 22 dekabrda saylovlarning dastlabki natijalariga yakun yasab, G‘ani ko‘pchilik ovoz olganini e’lon qilgan.
Uning ta’kidlashicha, Muhammad Ashraf G‘aniga 923 ming 868 kishi yoki 50,4 foiz saylovchilar ovoz bergan. Uning asosiy raqibi – bosh vazir Abdulloh Abdulloh 720 ming 99 ovoz (39,52 foiz) olgan. Qolgan nomzodlar - Afg‘oniston Islom partiyasi raisi Gulbiddin Hikmatiyorga 70 ming 243, Rahmatilloh Nabilga esa 33 ming 921 ovoz berilgan.
Nuristoniyning aytishicha, tekshiruvlardan keyin 1 mln 824 ming 401 byulleten haqiqiy deb topilgan.
Abdulloh Abdulloh vakili Bobur Farahmand bu natijalarni soxtalashtirilgan deb atagan. “Barqarorlik va integratsiya” saylov jamoasi boshqa nomzodlarning qonuniy talablari hisobga olinmagan bu soxta natijalarni hech qachon qabul qilmaydi”, deb aytgan Farahmand. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi