Xe Szyankuy
Foto: «Korrespondent.net»
Xitoyning Shenchjen shahri sudi dunyodagi ilk irsiy modifikatsiyalangan bolalar tug‘ilishini ma’lum qilgan biolog Xe Szyankuyni uch yil qamoq jazosiga hukm qildi hamda uch million yuan (430 ming dollar) jarimaga tortdi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Xe Szyankuyga ushbu tajribani o‘tkazishga yordam bergan ikki hamkasbi ham ikki va bir yarim yilga qamalgan. Ularga, shuningdek, 500 ming va bir million yuan (70 va 140 ming dollar) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Sud Xe Szyankuy va uning hamkasblarini bu uchta genetik jihatdan o‘zgartirilgan bolalarning tug‘ilishiga olib kelgan inson embrionining genlarini noqonuniy tartibga solishda aybdor deb topdi.
Sudda qayd etilishicha, olimlar vrachlik malakasiga ega bo‘lmagan hamda tajribada ishtirok etish uchun ko‘ngillilarni tanlab olish uchun etika bo‘yicha komissiya sertifikatini qalbakilashtirgan. Sudyaning fikricha, olimlarning harakatlari «shaxsiy manfaat va foydani ko‘zlashdan boshqa narsa emas».
2019 yilning yanvar oyida Xitoyda DNKsi o‘zgartirilgan bolalar tug‘ilgani haqidagi ma’lumotlar rasman tasdiqlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi