Samolyotga kech qolgan ikki ayol uni to‘xtatishga urindi (video)

Samolyotga kech qolgan ikki ayol uni to‘xtatishga urindi (video)

Moskvadagi Sheremetyevo aeroportida reysga kechikib qolgan ikki ayol samolyot ortidan yugurib, uni to‘xtatishga uringani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Sheremetyevo matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa 25 iyul kuni sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, ayollar barcha parvoz oldi nazoratlaridan o‘tgan. Biroq shundan so‘ng ular yo‘lovchilar uchun yopiq hududga chiqib ketgan.

Ayollar samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagiga qarab harakatlanayotgan paytda uning ortidan yugurgan. Ularning samolyotni to‘xtatishga uringani aks etgan kadrlar esa internetda keng tarqalgan.

Aeroport ma’muriyati xabariga ko‘ra, ayollar ushlangan va FXX xodimlariga topshirilgan. Hozirda holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Sheremetyevoning xabar berishicha, voqea paytida boshqa yo‘lovchilarning xavfsizligi xavf ostida bo‘lmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar