06:33 / 05.01.2020
3 553

Madaniyat vazirligi 10 metr balandlikdan qulagan akrobatlar haqida ma’lumot berdi

Madaniyat vazirligi 10 metr balandlikdan qulagan akrobatlar haqida ma’lumot berdi
Niderlandiya poytaxtidagi «Karre Amsterdam» teatrida 3 yanvar kuni tashkil etilgan tomosha vaqtida 10 metr balandlikdan bir-birining ustiga yiqilgan o‘zbekistonlik ikki akrobat — Kristina Vorobyova va Rustem Osmanovning ahvoli og‘ir emas. Bu haqda, Madaniyat vazirligiga asoslanib, «Xabar.uz» xabar bermoqda.

Avvalroq baxtsiz hodisa Rustem Kristinani bir qo‘li bilan ushlab, ikkinchisini bo‘shashtirganda yuz bergani, Kristina yerga chalqancha tushib, qimirlamay qolgani, akrobatlar shifoxonaga joylashtirilgani va ularning ahvoli og‘ir deb baholanayotgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Kristina shifoxonada allaqachon operatsiya qilingan va ayni vaqtda uning ahvoli qoniqarli baholanmoqda. Rustem Osmanovning ham holati yaxshi — u Kristinaning ustiga tushgani uchun og‘ir jarohat olmagan.

Kristina Vorobyova va Rustem Osmanovdan iborat Sky Angels dueti ko‘plab sovrinlarni, jumladan sirk «Oskar»i hisoblangan «Oltin masxaraboz» mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bu duet tishga osilgan holda bajariladigan eng murakkab tryuklarni himoya to‘risiz qila oladigan O‘zbekistondagi yagona sirk artistlaridir.

Madaniyat vazirligidan qo‘shimcha qilishlaricha, bu akrobatlar O‘zbekiston Davlat sirkining xodimlari emas va ular shartnoma asosida faoliyat yuritish uchun xorijga jo‘nab ketgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Madaniyat vazirligi 10 metr balandlikdan qulagan akrobatlar haqida ma’lumot berdi