4 444
Ramzan Qodirovning qizi kutubxona binosida restoran ochib, grozniyliklarni g‘azablantirdi
Foto: «RIA Novosti»
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi Ayshat Grozniy markazida «Parij» deb nomlangan restoran ochdi va shahar fuqarolarini g‘azablantirdi. Bu haqda «Vesti nedeli»ga tayanib Daryo xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, restoranning ochilishi yangi yil arafasida bo‘lib o‘tdi. Shu kuni xavfsizlik choralarini ta’minlash uchun huquq-tartibot organlari xodimlari Vladimir Putin shoh ko‘chasini yopib qo‘ydi. Ayshatning restorani ushbu ko‘chada joylashgan. Ochilish marosimiga Qodirov rafiqasi Medni va bir qator amaldorlar bilan birga kelgan.
Ta’kidlanishicha, restoran 2016 yilning aprel oyida yopilgan Grozniyning sobiq Markaziy shahar kutubxonasi binosida joylashgan. Bunday qaror mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘ldi, ular kutubxonaning shahar ziyolilari uchun uchrashuv joyi bo‘lganligini ta’kidladi.
«Kutubxona ikkita vayronkor urush shohidi bo‘ldi, bundan tashqari Checheniston uchun og‘ir bo‘lgan damlarni ham boshdan kechirdi. Biroq shunday tartibsizliklar davrida ham uni kutubxonadan boshqa biron narsaga aylantirish hech kimning xayoliga kelmagan», — deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.
Bu Qodirova tomonidan Grozniy markazida ochilgan ikkinchi bino.
Ayshat Qodirova 2016 yildan beri Firdaws modalar uyi direktori hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi