08:28 / 07.01.2020
3 149

Avval ro‘moli uchun ishdan haydashdi, keyin uzr so‘rashdi

Avval ro‘moli uchun ishdan haydashdi, keyin uzr so‘rashdi
Texas shtatining Fort-Uort shahrida yashovchi 22 yoshli Stefani Koulman ro‘moli uchun ishdan haydalgan edi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay kompaniya xatosini anglab yetdi va muslimadan uzr so‘radi.

ABC News xabariga ko‘ra, Chicken Express tamaddixonalar tarmog‘iga ishga kirgan Koulman menejerga musulmon ekanini va ro‘mol o‘rashi zarurligni aytgan. Biroq menejer ro‘mol dinning bir qismi emasligini, balki qizning shaxsiy hayoti bilan bog‘liqligini ta’kidlab, Koulmanning hijobda ishlashiga ruxsat bermagan. Holbuki, kompaniyaning korporativ etika qoidalarida barcha dinlar vakillariga teng imkoniyatlar berilishi aytilgan.

Ushbu voqedan keyin Chicken Express advokati Rett Uorren kompaniya nomidan bayonot berib, Stefani Koulmandan uzr so‘radi. Bayonotda aytilishicha, menejer o‘zining malakasizligi tufayli Koulmanni ishdan chiqarib yuborgan. Menejerga hayfsan e’lon qilindi.

Stefani Koulman ishiga qaytishi mumkin. Bundan tashqari, yoqimsiz hodisa sabab ishlay olmagan soatlarining pulini unga to‘lab berishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avval ro‘moli uchun ishdan haydashdi, keyin uzr so‘rashdi