11:49 / 07.01.2020
4 925

Polsha buni qanday uddaladi?

Polsha buni qanday uddaladi?
Sobiq SSSR va uning satellitlari orasida katta sakrashga erishgan mamlakatlarga misol sifatida ko‘pincha kichik Gruziya keltiriladi. Ammo yirikroq davlatlar orasida ham yirikroq success story topiladi. 2018 yil kuzida London fond birjasining FTSE Russell indeksi sobiq sotsialistik blok mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib Polshani rivojlangan davlat maqomida ko‘ra boshladi. Har safar shu haqidagi xabarlarni o‘qiganimda shaxsiy kuzatuvlarimdan biri yodimga keladi.

Bolgariyalik va xorvatiyalik do‘stlarimiz bilan Polsha janubi-g‘arbidagi o‘rtacha shaharda bir kafega kirishni istaganimizda o‘sha paytda kassa apparati ishlamayotgani uchun xizmat ko‘rsatilmasligini aytib uzr so‘rashgan edi. Bolgariyalik tanishimiz ularda ham bunday bo‘lib turishini va bu aksincha tadbirkorga foydaliroq bo‘lishini aytib uni ko‘ndirmoqchi bo‘lganda esa kafe egasi daromadini yashirishni istamasligini qat’iy ma’lum qilgan edi.

Bu voqea sotsialistik lager changalidan bir paytda qutulgan bir mintaqaning ikki mamlakati rivojlanishda nega bunchalik katta farqqa egaligini yaqqol ko‘rsatadi. Yevropa Ittifoqining eng kambag‘al mamlakatlaridan biri bo‘lgan Bolgariyani odamlarning korrupsiyaga va aylanma yo‘llarga moyilligi orqaga tortib turibdi. YEIning eng yirik iqtisodiyotlaridan bo‘lgan Polsha esa aholisi dunyoqarashiga halollik va adolat tamoyillarini singdira olgani uchun rivojlangan davlatlar qatoriga kirishga erishdi.

@tashqaridaUZ telegram kanalidan olindi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polsha buni qanday uddaladi?