
Foto: AFP 2019 / Behrouz Mehri
Tokio okrug prokuraturasining tergov bo‘limi Nissan avtokonserni sobiq rahbari Karlos Gonning xotini Karol Gonni hibsga olish uchun orderga ega bo‘ldi. U yolg‘on guvohlik berishda ayblanmoqda. Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.
Prokuratura Karol Gonni 2019 yil aprelda yolg‘on guvohlik berganda ayblamoqda. Ayol Yaponiyani o‘tgan yilning bahorida tark etgandi.
Karlos Gon va uning "o‘ng qo‘li" Greg Kelli 2018 yil 19 noyabrda daromadlarni yashirishda ayblanib hibsga olingandi.
O‘tgan yil bahorda Gon 1,5 milliard iyen (14 million dollar) garov evaziga mamlakatni tark etmaslik sharti bilan ozodlikka chiqarilgandi. 2020 yil bahorida sudlanishi kutilayotgan Gon 30 dekabrda Livanga qochib ketdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar