date

Dog‘istonda ham to‘y-hasham muammosi: “Dabdabavozlikning nima keragi bor?”

Dog‘istonda ham to‘y-hasham muammosi: “Dabdabavozlikning nima keragi bor?”
Dog‘iston aholisi to‘y va dafn marosimlarini o‘tkazishda ko‘p pul sarflash bo‘yicha bir-biri bilan raqobatlashyapti. Mamlakat muftiysi o‘rinbosari Abdulla Salimov esa musulmonlarni bunday odatlardan voz kechishga chaqirdi, deya yozmoqda Golosislama nashri.

“Bugungi kunda to‘ylarda nimalar bo‘lyapti? Bir odam qo‘shnisi qizining to‘yiga qancha pul sarflaganini bilib oladi, keyin undan ham ko‘proq sarflashni maqsad qiladi.

Nimaga pul sarflaydi? Hatto ovqatga ham emas, to‘yni ularsiz ham o‘tkazsa bo‘ladigan narsalarga. Keraksiz chiqimlar”, – deydi Salimov Musulmonlar idorasi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan videolavhada.

Muftiy o‘rinbosari Dog‘istonda dabdabavozlik keng tarqalganini ta’kidladi.
“Odamlar “mana bu marosimga buncha million sarflandi”, deb aytishlari uchun hatto dafn marosimlarida ham raqobat bo‘lyapti”, – deydi u.

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dog‘istonda ham to‘y-hasham muammosi: “Dabdabavozlikning nima keragi bor?”