10:13 / 12.01.2020
2 557

Tehronda samolyotning urib tushirilishi ortidan namoyishlar bo‘lmoqda (video)

Tehronda samolyotning urib tushirilishi ortidan namoyishlar bo‘lmoqda (video)
Foto: Reuters
Eronda Boeing 737-800 samolyotining urib tushirilgani ma’lum bo‘lgach, Tehron markazida talabalar tergovning oshkora olib borilmayotganiga qarshi norozilik namoyishini o‘tkazishmoqda.

Namoyish ishtirokchilari Amir Kabir universiteti yonida to‘planishib, hukumatning iste’fosini talab qilishmoqda, shuningdek, o‘nlab eronliklar halok bo‘lgan fojia bo‘yicha yopiq tergovga qarshi chiqishmoqda.

Norozilik namoyishchilari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar ham sodir bo‘lmoqda. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanyapti.


Eslatib o‘tamiz, Ukraina aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti o‘tgan chorshanba kuni ertalab Tehron aeroportidan Kiyevga parvoz chog‘ida halokatga uchragandi. Hammasi bo‘lib 176 kishi: Eron, Ukraina, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va Afg‘oniston fuqarolari (167 yo‘lovchi va to‘qqizta ekipaj a’zosi) halok bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tehronda samolyotning urib tushirilishi ortidan namoyishlar bo‘lmoqda (video)