07:31 / 13.01.2020
3 618

Blumberg: «Trampdan qutulish uchun bor pulimni sarflayapman»

Blumberg: «Trampdan qutulish uchun bor pulimni sarflayapman»
Foto: Gerrits / Getty Images
AQSH prezidentligiga da’vogar Maykl Blumberg 2020 yilgi saylovda amaldagi prezident Donald Trampni Oq uydan ketkazish uchun boyligining katta qismini sarflashga tayyorligini bildirdi.

«Birinchi raqamli maqsad – Donald Trampdan qutulish. Undan qutulish uchun bor pulimni sarflayapman», – dedi Blumberg Reuters’ga bergan intervyusida.

Amerikaning sakkizinchi eng boy odami sanalmish milliarder o‘tgan yilning noyabridan buyon o‘z nomzodi targ‘ibotiga demokratlarning boshqa asosiy nomzodlari o‘tgan bir yil davomida sarflaganidan ham ko‘proq mablag‘ ishlatdi.

77 yoshli siyosatchi Demokratlar debatlarining dastlabki oltitasida qatnashmay, poygaga kechroq qo‘shildi va ayni paytda milliy jamoatchilik so‘rovlarida 5-o‘rinda bormoqda. Demokratlardan Jo Bayden, Berni Sanders, Elizabet Uorren va Pit Buttijichlar undan oldinda.

Eslatib o‘tamiz, Amerikada prezidentlik saylovlari 2020 yil 3 noyabriga belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Blumberg: «Trampdan qutulish uchun bor pulimni sarflayapman»