09:11 / 14.01.2020
2 399

Eron Sulaymoniy o‘limi uchun Trampni sudga chaqirishni rejalashtirmoqda

Eron Sulaymoniy o‘limi uchun Trampni sudga chaqirishni rejalashtirmoqda
Eron Oliy sudi rahbari Ibrohim Raisiy Tehron sudda AQSH prezidenti Donald Trampni general Kasem Sulaymoniy qotilligida ayblashini ma’lum qildi.
"Biz uni tinch qo‘ymaymiz, u xalqaro tribunal qarshisida turishi kerak", - deb keltiradi Raisiy so‘zlarini Fars axborot agentligi.

Oliy sud raisi ta’kidlaganidek, bu ish bilan inson huquqlari bo‘yicha Eron kengashi tashqi siyosiy mahkama bilan birgalikda shug‘ullanmoqda.
Shu bilan birga, Raisiy, Eron hukumati aynan qaysi instansiyaga murojaat etishni rejalashtirganligiga aniqlik kiritmagan.

Yaqin Sharqdagi ziddiyat
Amerika qo‘shinlari dekabr oyi oxirida Suriya va Iroqdagi shiyalarga qarashli "Kataib Xezmollah" ob’ektlari bo‘ylab zarba berishgach, Yaqin Sharqdagi vaziyat o‘ta keskin tus oldi. Shundan so‘ng harakat tarafdorlari Bag‘doddagi amerika dipmissiyasini shturm qilishga kirishdilar, so‘ngra Vashington tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiyada eronlik general Kasem Suleymoniy va Iroq shiya ko‘ngilli qo‘shinlari rahbari o‘rinbosari Abu Maxdi al-Muhandis halok bo‘ldilar. AQSH ularni elchixonaga uyushtirilgan shturmga aloqador, deb hisoblamoqda.

Shundan so‘ng, Tehron va Vashington bir-birlarining harbiy ob’ektlariga zarba berish bilan tahdid qildilar. Eron parlamenti amerika armiyasi va Pentagonni terroristik tashkilot, deb tan oldi.

Chorshanbaga o‘tar kechasi Eron Amerikaning Iroqdagi harbiy bazalari bo‘ylab raketa zarbalarini amalga oshirdi. Eron OAV xabariga ko‘ra, 80 kishi shu zarbalar qurboniga aylandi.

AQSH bu bayonotlarni rad etmoqda. Trampning o‘zi hujumdan so‘ng "hammasi joyida"ligini ma’lum qildi. Tehron amerika bazalari bo‘ylab zarbalarni Sulaymoniy o‘limi uchun qasos, deb tatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Sulaymoniy o‘limi uchun Trampni sudga chaqirishni rejalashtirmoqda