
Isroil politsiyasi ellik chog‘li ayol va bolalarni quldek saqlab kelgan ravvinni hibsga oldi. Ammo oltmish yoshli ravvin hech qanday noto‘g‘ri ish qilmaganini aytgan. U bilan birga jinoyatlarga aloqadorlikda gumon qilingan sakkiz ayol ham ushlangan.
Isroil matbuotining yozishicha, qullikda saqlangan ayollar jinsiy zo‘rlikka uchragan bo‘lishi mumkin. Do‘zaxning qanday joy ekanini bilishlari uchun ba’zi ayollar qo‘llarini o‘tga tutib turishga majburlangan. Eng kichigi 5 va eng kattasi 11 yoshda bo‘lgan bolalar ravvin tomonidan tahqirlangan bo‘lishi mumkinligi ham tekshirilmoqda.
Ayollar og‘ir sharoitlarda yashagan, yaqinlari bilan gaplashishiga ruxsat berilmagan, ishlab topgan pullarining asosiy qismini esa ravvinga topshirishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar