22:53 / 15.01.2020
3 300

Mixail Mishustin Rossiyaning yangi bosh vaziri bo‘ladi

Mixail Mishustin Rossiyaning yangi bosh vaziri bo‘ladi
Foto: RF prezidenti matbuot xizmati/TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federal soliq xizmati (FNS) rahbari Mixail Mishustin nomzodini federatsiya bosh vaziri lavozimiga taklif etdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qilgan.

Putin Mishustin bilan ishchi uchrashuv o‘tkazgan va unga bosh vazir lavozimini egallashni taklif qilgan. Mishustin rozilik bildirgan.
Bugun, 15 yanvar kuni Vladimir Putin Rossiya konstitutsiyasini o‘zgartirishni taklif qildi va Dmitriy Medvedev boshchiligidagi hukumatini iste’foga chiqardi.

Medvedev Putin bilan uchrashuvda davlat rahbarining konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi taklifi fonida bu qarorni to‘g‘ri deb hisoblashini, taklif qilingan o‘zgarishlar ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati o‘rtasidagi muvozanatni o‘zgartirishini ta’kidlagan.
Putin Medvedev uchun Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimini taklif qildi.

Mixail Mishustin haqida
Mixail Mishustin 1966 yilning 3 martida Moskvada tug‘ilgan. 1989 yilda Moskva stankoinstrumental institutini (STANKIN) tamomlagan. Iqtisodiy fanlar doktori, Rossiya Federatsiyasining I toifadagi davlat maslahatchisi hisoblanadi.

U 1989-1992 yillarda - STANKIN aspiranti, 1992-1995 yillarda - Xalqaro kompyuter klubining sinov laboratoriyasi direktori, 1995-1996 yillarda - klub bosh direktori o‘rinbosari, klub boshqaruv raisi bo‘lgan.

1998 yil avgustida Rossiya Federal soliq xizmati raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 1999 yil martidan 2004 yil martiga qadar RF soliq va yig‘imlar vaziri o‘rinbosari bo‘lgan, 2004 yil martidan 2006 yil dekabrigacha Ko‘chmas mulk ob’ektlari kadastri federal agentligini boshqargan. 2007 yil yanvaridan 2008 yil martiga qadar esa Maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarish bo‘yicha federal agentlikka rahbarlik qilgan.

2008 yil martida Mishustin UFG («OFG Invest») investitsiya kompaniyasi prezidentiga aylangan.
U 2010 yil 6 aprelidan buyon Rossiya Federal soliq xizmati raisi hisoblanardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mixail Mishustin Rossiyaning yangi bosh vaziri bo‘ladi