12:25 / 16.01.2020
4 467

Rossiyadagi o‘zgarishlardan Putinning maqsadi nima?

Rossiyadagi o‘zgarishlardan Putinning maqsadi nima?
Putin Dmitriy Medvedev boshliq Rossiya hukumatiga iste’fo berdi, Konstitutsiyani isloh qilishni taklif qildi, Soliq qo‘mitasi boshlig‘i Mixail Mishustinga bosh vazir bo‘lishni taklif qildi.
Rossiya bo‘yicha ekspertlarning fikriga ko‘ra, Putinning maqsadi ikkita.

Birinchisi, keyingi Prezidentlik saylovlarida, Putin Konstitutsiyani buzib, yana Prezident bo‘lishdan qochyapti va Bosh Vazir sifatida Rossiyani boshqarishda davom etmoqchi.
Ikkinchisi, Rossiya aholisidagi kuchli ijtimoiy norozilik kayfiyatini biroz bo‘lsada, islohotlar va ijtimoiy himoya dasturlari bilan, ovutish, yupatish, yumshatish niyatida.

Putin, bamisoli Davlat Dumasini kuchaytirib, Prezident vakolatlarini qirqyapti. Aslida, kelajakda Bosh vazir sifatida, o‘zini himoya qilyapti.
Bundan keyin Davlat Dumasi tomonidan tasdiqlangan Bosh Vazir (ya’ni, 2024 yilda - Putin) nomzodi, Prezident (masalan, Medvedev) tomonidan inkor etilishi mumkin emas, tasdiqlanishi shart. Bosh vazirni ishdan olish ham murakkablashtiriladi.

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Kamoliddin Rabbimov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadagi o‘zgarishlardan Putinning maqsadi nima?