Foto: Larry Newberry
Avstraliyaning o‘rmon yong‘inlaridan aziyat chekayotgan Yangi Janubiy Uels shtatida uzoq kutilgan yomg‘irlar yuz minglab baliqlarning nobud bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yomg‘ir yong‘inlardan qolgan kulni Makley daryosiga yuvib tushirishi baliqlarning nobud bo‘lishiga olib kelgan.
Ekologlarning aytishicha, baliqlarning bunday ko‘p miqdorda nobud bo‘lishi oqibati bir necha o‘n yillar davomida sezilishi mumkin.
Kulning suvga tushishi bakteriyalar ko‘payishiga olib kelgan. Ular esa suvdan kislorodni chiqarishi natijasida baliqlar kislorod yetishmasligidan nobud bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, bunday holatni Avstraliya sharqiy sohilidagi barcha daryolarda kuzatish mumkin.
Avstraliyada oktabrdan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari bir milliarddan ko‘proq jonzotning nobud bo‘lishiga, millionlab gektar o‘rmonning yonib kul bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. 16 yanvarda “yashil qit’ada” qurg‘oqchil ob-havodan keyin kuchli yomg‘irlar boshlanib, yong‘inlarni o‘chirishda yordam bergan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi