11:13 / 23.01.2020
2 647

Afrikada chigirtkaga qarshi kurash uchun 10 million dollar ajratildi

Afrikada chigirtkaga qarshi kurash uchun 10 million dollar ajratildi
Foto: «REUTERS»
BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mark Loukok Afrika qit’asida chigirtkaga qarshi kurash uchun BMT favqulodda vaziyatlar Markaziy jamg‘armasidan 10 million dollar ajratdi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

«BMTning gumanitar rahbari Mark Loukok Sharqiy Afrikada sahro chigirtkasi hujumiga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida BMT favqulodda vaziyatlar Markaziy jamg‘armasidan 10 million dollar ajratdi», — deyiladi axborotda.

BMTda ta’kidlanishicha, chigirtkalarning Afrika shoxi, Janubi-G‘arbiy Osiyo va Qizil dengiz hududiga hujumi Efiopiya va Somali uchun oxirgi 25 yildagi eng keng qamrovlisi va Keniya uchun oxirgi 70 yildagi eng yomoni hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikada chigirtkaga qarshi kurash uchun 10 million dollar ajratildi