
Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin Xitoyda tarqalgan koronavirusning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va Qozog‘istonda uning oldini olishga qaratilgan choralar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
“Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Xitoydagi koronavirusning Qozog‘iston hududida tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishni buyurdi”, deb aytgan Mamin yig‘ilishda.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra bosh vazir quyidagi choralarni ko‘rishni topshirgan:
- davlat chegarasidagi, jumladan havo, avtomobil va temir yo‘l transporti ob’ektlari o‘tkazish punktlarida sanitar-epidemiologik va migratsion nazoratni kuchaytirish;
- Xitoydan kelayotgan barcha shaxslar ortidan ularning yashash joyi bo‘yicha tibbiy kuzatuv o‘rnatish;
- Xitoyga xizmat safarlarini cheklash hamda shaxsiy va sayyohlik maqsadlarida Xitoyga bormay turishni tavsiya qilish;
- Xitoydan kelayotgan tranzit yo‘lovchilar uchun Qozog‘iston hududida 72 soat davomida vizasiz qolish rejimi amal qilishini to‘xtatish;
- “Xorgos” xalqaro chegarabo‘yi hamkorligi markazining Qozog‘istondagi qismi ishini vaqtinchalik to‘xtatish;
- Xitoydagi Qozog‘iston fuqarolariga konsullik va boshqa yordam ko‘rsatish maqsadida ular bilan ishlarni faollashtirish;
- zarurat bo‘lganda Uxandagi qozog‘istonlik talabalar va boshqa fuqarolarning favqulodda evakuatsiyasini ta’minlash. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar