14:28 / 28.01.2020
2 558

Finlyandiya 2035 yilgacha uglerod gazlaridan xoli davlat bo‘lishni rejalashtirmoqda

Finlyandiya 2035 yilgacha uglerod gazlaridan xoli davlat bo‘lishni rejalashtirmoqda
Foto: «RIA Novosti»
Finlyandiya o‘z oldiga 2035 yilgacha ugleroddan holi mamlakat bo‘lish vazifasini qo‘ydi. Bu haqda mamlakatning rivojlanish va tashqi savdo vaziri Ville Skinnari «Arktika chegaralari» xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi, deb yozmoqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo nashri.

Vazirning ma’lum qilishicha, bu maqsadga odamlar va sanoat bilan birga erishish mumkin. Finlyandiya uchun iqlim o‘zgarishi, barqaror taraqqiyot, xalqaro hamkorlik maydonlarini saqlab qolish masalalari muhim hisoblanadi.

Xalqaro konferensiyada nutq so‘zlagan vazir Arktikaning dunyo okeanidagi roli oshib borayotganini qayd etdi.

Vazirning aytishicha, Finlyandiya yangi texnologiyalar nuqtai nazaridan ko‘p narsa taklif qilishi mumkin. Mamlakatning Laplandiya provinsiyasi 2030 yilga borib ugleroddan holi bo‘lishni istamoqda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, iqlim o‘zgarishi biznes uchun imkoniyatlarning ko‘payishini ham anglatadi, biroq kompaniyalar korporativ javobgarlik sohasida o‘z majburiyatlarini bajarish uchun tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha jiddiy qonunchilik zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Finlyandiya 2035 yilgacha uglerod gazlaridan xoli davlat bo‘lishni rejalashtirmoqda