4 589
“Sulaymoniy o‘limining rejissyori” Afg‘onistondagi qula(til)gan samolyot bortida bo‘lgan
MRB zobiti Maykl D’Andrea. Foto: Mehr
Afg‘onistonning G‘azni viloyatida amerikaliklarning harbiy samolyoti qulashi natijasida Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning xodimi Maykl D’Andrea halok bo‘ldi.
U AQSHning Yaqin Sharqdagi qator operatsiyalari, jumladan Eron Islom Inqilobi muhofizlari korpusi “Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning yo‘q qilinishiga doir operatsiyalarga rahbarlik qilgan. Bu haqda Rossiya razvedkasidagi manbalariga tayanib, Mehr agentligi xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, D’Andrea qulab tushgan samolyot bortida bo‘lgan.
“Mudofaa vazirligi bortda qancha odam bo‘lganligini va halok bo‘lganlar bor yoki yo‘qligini ochiqlamadi”, – deb yozadi The Wall Street Journal nashri.
Shu narsa ma’lumki, hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Afg‘onistondagi Amerika qurolli kuchlari rahbari Sonni Leggettaning aytishicha, tergov yakunida harbiylar bu borada qo‘shimcha ma’lumot berishadi.
27 yanvar kuni Bombardier-11 samolyoti Tolibon nazorati ostidagi hududda urib tushirilgan. Fojea AQSH harbiy bazasidan 10 kilometr uzoqlikda ro‘y bergan. Tolibon butun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
3 yanvar kuni AQSH harbiy havo kuchlarining Bag‘dod aeroportiga qilgan hujumi natijasida Eronda nufuzi jihatidan ikkinchi shaxs – Eron Islom Inqilobi muhofizlari korpusi “Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgan edi va buning ortidan Yaqin Sharq jahon hamjamiyati diqqat markazida turgan edi.
8 yanvar kuni Eron Islom Inqilobi muhofizlari korpusi Sulaymoniy o‘limiga javoban AQSHning Iroqdagi ikkita bazasiga raketa hujumlari uyushtirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi