Foto: AP Photo/Alexander Zemlianichenko
Sankt-Peterburgning Oktabr tuman sudi kelib chiqishi qirg‘izistonlik bo‘lgan 22 yoshli yigitni binolar devorlariga Rossiya prezidentiga suiqasd qilishga chorlovchi tasvirlarni tushirgani uchun hibsga olish haqida qaror chiqardi.
Sankt-Peterburg sudlari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Muhammadaziz Eshmatov ismli ushbu shaxsga “vandallik” va “terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga ommaviy chaqiriqlar” moddalari bilan tasniflanuvchi jinoyatlarni sodir etish ayblovi bildirilgan.
Tergovning aniqlashicha, noma’lum shaxs internet orqali I.F.Parpiyev ismli shaxs bilan til biriktirib, unga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tasviri ko‘rinishidagi va “Ko‘rsang – o‘ldir” (Uvidish - ubey) yozuvli trafaretni tayyorlash, so‘ngra ushbu trafaret va bo‘yoq yordamida Peterburgdagi bir necha binolar fasadiga yuqoridagi tasvirlarni tushirish uchun 5 ming rubl taklif qilgan.
Parpiyev taklifga rozi bo‘lgan va bunga Ishmatovni jalb qilgan. Ular Putinga suiqasd qilishga chorlovchi tasvirlarni 6 ta bino devoriga tushirishgan.
Ta’kidlanishicha, Ishmatov bu jinoyatga aloqadorligini tan olmayapti. Sud qaroriga ko‘ra, u 27 martgacha panjara ostida qoladi.
Ayni vaqtda Parpiyevga nisbatan qanday ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi ko‘rilmoqda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ikkala gumonlanuvchi ham Qirg‘iziston fuqarolari hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida