14:49 / 30.01.2020
5 079

Xitoyning Uxan shahrida “hayot to‘xtab qoldi” (video)

Xitoyning Uxan shahrida “hayot to‘xtab qoldi” (video)
2019-nCoV koronavirusi tarqalishi va hukumatning uydan ko‘chaga chiqmaslik haqidagi tavsiyalari natijasida Uxan ko‘chalari huvillab qoldi. Bu haqda South China Morning Post nashrining YouTube’dagi kanali lavhasida aytilgan.

Lavhada osmono‘par binolar va yirik bog‘larga ega shahar bo‘m-bo‘sh ekanligi ko‘rinadi. Ko‘chalarda shaxsiy avtoulovlar va tez yordam mashinalari ahyon-ahyonda ko‘zga tashlanadi, odamlar deyarli yo‘q, ko‘chaga chiqqanlari ham himoya niqoblarida.

Mahalliy aholi vakili bo‘lgan David Vuning so‘zlariga ko‘ra, shaharda qolganlarning barchasi qo‘rquvda va deyarli hech kim ko‘chaga chiqmayapti. “Avvallari shahar ko‘chalarida odam juda ko‘p bo‘lardi, hamma qayergadir yugurgan, shoshilgan… Hozir ko‘chadagilarni barmoq bilan sanaysiz”, deydi u.

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Uxan shahrida zotiljam (pnevmoniya) kasali tarqalganini e’lon qildi. Kasallik tarqatuvchisi yangi paydo bo‘lgan 2019-nCoV koronavirusi ekanligi aytildi. Shu paytgacha Xitoyda ushbu virus bilan zararlanganlar soni 7 800 kishidan oshdi, 1 370 kishi og‘ir ahvolda, 170 kishi esa undan vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyning Uxan shahrida “hayot to‘xtab qoldi” (video)