
Xitoyda 2020 yil 1 fevraldan boshlab koronavirusdan vafot etgan bemorlarni dafn etish taqiqlandi. Bu haqda Globas Times nashri ma’lum qildi.
Yangi tartibga ko‘ra, vafot etgan bemorlar eng yaqin maxsus hududlarga olib boriladi va yoqib yuboriladi. Shuningdek, virus tufayli vafot etganlarning jasadiga qarindoshlarining yaqinlashishiga ham ruxsat berilmaydi.
Bodies of #nCoV2019 victims should be cremated close by and immediately. Burials or transfer of the bodies not allowed. Funerals not allowed to avoid spread of the virus: National Health Commission (File Photo) pic.twitter.com/IsAHnuY4Rk
— Global Times (@globaltimesnews) February 2, 2020
Eslatib o‘tamiz, so‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra koronavirus yuqtirganlar soni dunyo bo‘yicha 14 mingdan ortib ketdi, ulardan hozirgacha 362 nafar bemor vafot etdi.
Koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy bilan deyarli barcha davlatlar, xususan O‘zbekiston ham havo va quruqlikdagi chegaralarini noma’lum muddatga yopib qo‘ydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar