
Foto: «Government.kz»
«Zakon.kz» sayti Qozog‘istoning eng yirik — Nursulton, Olmaota va Chimkent shaharlari hokimlari qancha maosh olishlariga aniqlik kiritdi.
Sayt tahririyati har uch hokimlikka murojaat yo‘llagan. Savol mazmuni quyidagicha edi: «Mehnat stajini qo‘shib hisoblaganda, hokimning ish haqi qancha?».
Nursulton

Nursulton shahri hokimi — Altay Kulginov (42 yosh). Foto: «Kazinform»
Poytaxt Nursulton hokimligi bu ma’lumot hokimlikning saytida ko‘rsatilganini ma’lum qilgan. «Nursulton hokimligi rahbariyati daromadlari to‘g‘risida axborot» bo‘limida 2019 yilning avgustida joylangan ma’lumotga ko‘ra, shahar hokimi Altay Kulginov 771 007 tenge maosh oladi.

Olmaota

Olmaota shahri hokimi — Baxitjan Sagintayev (56 yosh). Foto: «Kazinform»
Olmaota hokimligi yanada batafsilroq ma’lumot bergan. Ularning hokimi Baxitjan Sagintayev 20 yillik stajga ega. Uning maoshi — 967 671 tenge, barcha majburiy soliq va to‘lovlardan qoladigani — 783 814 tenge.
Chimkent

Chimkent shahri hokimi — Murat Aytenov (38 yosh). Foto: «24.kz»
Chimkentning yangi hokimi Murat Aytenov hamkasblaridan kamroq maosh oladi. Qog‘ozda — 946 540 tenge, soliqlardan so‘ng yonida qoladigani — 761 540 tenge.
Ma’lumot uchun: bugungi kurs bilan 1 qozoq tengesi — 25,08 so‘m. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar