Foto: adnankoc/instagram.com
«Muhtasham yuz yil» tarixiy serialida Bahrom Posho roli bilan tanilgan turk aktyori Adnan Koch qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «Cumhuriyet» nashriga tayanib "Xabar.uz" ma’lum qildi.
2018 yil martida «Giyohvandlikka qarshi kurashish operatsiya»si paytida aktyor va boshqa 5 gumondorni hibsga olingandi.
Adnan Kochga shuningdek, politsiyaga qurol bilan qarshilik ko‘rsatish, garovga olish va noqonuniy o‘qotar qurol saqlash ayblovlari qo‘yilgan.
Jinoyatchilar qurolli qarshilik ko‘rsatib, dalillarni yo‘qotish maqsadida huquqni muhofaza qilish xodimlarini qo‘lga olishni rejalashtirishgan va olti politsiyachini yaralashgan.
Koch va uning jinoiy sherigi Ahmetga 16 yil 8 oy qamoq jazosi, qolganlarga esa 4 yil 9 oy 15 kun, 17 yil 6 oygacha qamoq jazosini o‘tash belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda