Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya Idlib viloyatida o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzganini va o‘z qo‘shinlarini turk kuzatuv punktlaridan xavfsiz masofaga olib ketishi kerakligini aytdi.
Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Suriya hukumat qo‘shinlarining turk harbiylariga qilingan hujumi Turkiya uchun Suriyadagi “burilish oni” bo‘ldi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.
“Agar Suriya kuchlari fevralda o‘z harbiylarini Idlibdagi turk kuzatuv punktlaridan xavfsiz masofaga olib ketmasa, Turkiya javob choralari ko‘rishga majbur bo‘ladi”, deb ta’kidlab o‘tgan Turkiya yetakchisi parlamentdagi chiqishi vaqtida. U Turkiyaning quruqlikdagi va havo kuchlari Idlibda erkin harakatlanishi, zarur bo‘lgan amaliyotlarni amalga oshirishini ta’kidlab o‘tgan.
Idlibda 3 fevralda turk harbiylari suriyalik qo‘shinlar o‘qqa tutishiga uchragan. Buning oqibatida 8 nafar turk harbiysi halok bo‘lgan. Shundan keyin Turkiya javob choralari ko‘rib, Suriya kuchlari pozitsiyalarini o‘qqa tutgan. Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Oqaraning ma’lum qilishicha, javob o‘qqa tutish vaqtida 76 suriyalik harbiy halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?