16:30 / 06.02.2020
4 032

Ayolning og‘zida tish o‘rniga soch o‘sib chiqdi

Ayolning og‘zida tish o‘rniga soch o‘sib chiqdi
Foto: «RIA Novosti»
Italiyalik ayol milklarida o‘sayotgan sochdan shikoyat qilib shifokorlarga murojaat qildi. G‘aroyib bemor haqida «Oral Surgery, Oral Medicine, Oral Pathology, Oral Radiology» jurnalida maqola chop etildi.

Ayol shifokorlarga ilk bor 2009 yilda murojaat qilgan. Uning tanglayida kiprikka o‘xshash tuk o‘sib chiqqandi. Tibbiyot xodimlari bu paytgacha shunga o‘xshash hodisani besh marta qayd etishgan bo‘lib, hammasi erkaklarda kuzatilgandi.
O‘shanda shifokorlar ayolga polikistoz tuxumdonlar sindromi tashxisini qo‘yishgandi: bunda ko‘pincha tana va yuzda ortiqcha tuk o‘sa boshlaydi.

Ayoldagi ortiqcha tuklar jarrohlik yo‘li bilan olib tashlandi va gormonal preparatlar tayinlandi. Muolaja ma’lum vaqtgacha yordam berdi, biroq bir necha yillardan so‘ng tuk o‘sishi yana avj oldi.

Bu safar shifokorlar nafaqat tuklarni olib tashlashdi, balki tahlil uchun namunalar ham olishdi. Ular mikroskop ostida sochsimon o‘zakni aniqlashdi: u qalin milk to‘qimasidan o‘sib chiqqandi.

Mutaxassislar hozircha g‘alati hodisaga izoh topisholmayapti. Faqat shunisi aniqki, italiyalik ayol umrining oxirigacha gormonal fonni tuzatuvchi dori ichishiga to‘g‘ri keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayolning og‘zida tish o‘rniga soch o‘sib chiqdi