20:58 / 07.02.2020
8 159

Olimlar yana bir koronavirus tarqatuvchisini aniqlashdi

Olimlar yana bir koronavirus tarqatuvchisini aniqlashdi
Pangolin Xitoydagi koronavirus infeksiyasining ehtimoliy tarqatuvchisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Aniq.uz "Interfaks"ga asoslanib xabar qildi.
Xitoy olimlari pangolin yangi koronavirus genomining ketma-ketligi bemor odam koronavirusining genomiga 99% o‘xshash ekanligini aniqladilar.

Pangolinlar - Osiyo va Afrikada keng tarqalgan zirhli sut emizuvchi hayvon, chumolixo‘rning qarindoshlari hisoblanadi. Ular asosan hasharotlar bilan oziqlanadi. Xitoyda pangolinning go‘shti delikates hisoblanadi, qora bozorda pangolin terisidagi tangachalari kumush narxida baholanadi.

Janubiy Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti va Linnan-Guandun zamonaviy qishloq xo‘jaligi laboratoriyasi olimlari koronavirus pangolinlardan olinganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘qligini va bu hayvonlar kasallikning yagona tarqatuvchisi emasligini ta’kidlamoqda. Mutaxassislar xitoyliklarni yovvoyi hayvonlarga yaqinlashmaslikka chaqirmoqda.

Bundan avval Xitoy olimlari odamlar koronavirusni ilon yoki ko‘rshapalaklardan yuqtirgan bo‘lishi mumkin degan fikrni ilgari surishgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar yana bir koronavirus tarqatuvchisini aniqlashdi