10:09 / 08.02.2020
6 175

“Arvoh-shahar”ga aylangan Uxanning hozirgi manzaralari (video)

“Arvoh-shahar”ga aylangan Uxanning hozirgi manzaralari (video)
Foto: AFP/Getty Images
Yangi koronavirus tarqalish o‘chog‘iga aylangan Xitoyning Uxan shahrida 23 yanvardan karantin e’lon qilindi.
12 mlnlik shaharda barcha ko‘ngilochar tadbirlar taqiqlangan, barcha bozorlar va odamlar to‘planishi mumkin bo‘lgan joylar yopilgan. Jamoat transporti qatnovi, temir yo‘l va aviaaloqa to‘xtatilgan.

Shuningdek, Uxan markazida shaxsiy avtomobillardan foydalanish taqiqlangan. Faqatgina taksi va zaxiralar tashuvchi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat berilgan.

Shaharning aksariyat aholisi o‘z uylarida qolmoqda va vaqti-vaqti bilangina oziq-ovqat va himoya niqoblari uchun ko‘chaga chiqmoqda. Yaqindagina hayot mavj urayotgan ushbu megapolis bo‘shab qolgan.

Uxandan keyin u bilan qo‘shni 15 shahar ham karantinga yopilgandi. Umumiy hisobda 45 mln kishi izolyatsiyada qolmoqda.
“Arvoh-shahar”ga aylangan Uxanning hozirgi manzaralarini dronlar yordamida olingan videoda ko‘rish mumkin.


Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusning yangi turi tufayli kelib chiqqan zotiljamdan vafot etganlar soni 722 nafarga yetdi, 34546 kishida kasallanish holati qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Arvoh-shahar”ga aylangan Uxanning hozirgi manzaralari (video)