06:00 / 09.02.2020
2 632

Poroshenkoga qarshi yana ikkita jinoiy ish ochildi

Poroshenkoga qarshi yana ikkita jinoiy ish ochildi
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukrainaning Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi (NABU) mamlakat sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarshi yana ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb xabar bermoqda UNN agentligiga tayanib Daryo nashri.

Sudgacha bo‘lgan tergovni amalga oshirishga Rada deputatlarining bayonotlari sabab bo‘lgan. Ushbu jinoiy ishlar «Mol-mulkni o‘zlashtirish, rastrata qilish yoki mansab mavqeyini suiiste’mol qilish bilan talon-toroj qilish» hamda «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish» moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda Poroshenko mansab mavqeyini suiiste’mol qilish, Kerch bo‘g‘ozi voqeasida davlatga xoinlik, sud hokimiyatini tortib olish va «Pryamoy» telekanalini noqonuniy egallab olish bilan bog‘liq kamida 16 ta jinoiy ish bo‘yicha ayblanmoqda. So‘nggi jinoiy ish 30 yanvar kuni qo‘zg‘atilgan bo‘lib, unga sobiq prezidentdan tashqari AQSH sobiq prezidenti Barak Obama va vitse-prezidenti Jozef Bayden ham aloqadorligi aniqlandi.
2019 yilning dekabr oyida Pyotr Poroshenko OAVdagi buyurtma maqolalar uchun 100 minglab dollar sarflagani ma’lum bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenkoga qarshi yana ikkita jinoiy ish ochildi